2026 yilgi “Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
Olam
−
10:11 2504 3 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni Los-Anjeles shahrida AQSH Kino san’ati va fanlari akademiyasining “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda akademiya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Tantanali marosimda yilning eng yaxshi filmlari, aktyor va aktrisalari hamda kino sanoatining boshqa yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.
Joriy yilda “Eng yaxshi film” mukofoti “Jangdan keyin jang” kartinasiga nasib etdi. Mazkur film bir nechta nominatsiyalarda ham g‘olib bo‘ldi.
Bosh rollar bo‘yicha mukofotlar quyidagicha taqsimlandi:
Eng yaxshi bosh rol aktyori – Maykl B. Jordan (“Gunohkorlar”).
Eng yaxshi bosh rol aktrisasi – Jessi Bakli (“Xamnet”).
Ikkinchi darajali rollar uchun mukofotlar:
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor – Shon Penn (“Jangdan keyin jang”).
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa – Emi Madigan (“Qurol”).
Eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida Pol Tomas Anderson (“Jangdan jangga”) g‘olib deb topildi.
Shuningdek, boshqa muhim nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha:
Eng yaxshi xorijiy film – “Sentimental Value”.
Eng yaxshi hujjatli film – “Janob hech kim Putinga qarshi”.
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film – Joshua Saftelning “Barcha bo‘sh xonalar”.
Eng yaxshi animatsion film – “K-Pop jin ovchilari”.
Eng yaxshi animatsion qisqa metrajli film – “Marvaridlarni yig‘latgan qiz”.
“Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” nominatsiyasida esa ikki film – “Qo‘shiqchilar” va “So‘lak almashadigan ikki kishi” g‘olib deb topildi.
Texnik nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar ham topshirildi:
Eng yaxshi operatorlik ishi – Autumn Durald Arkapov (“Gunohkorlar”).
Eng yaxshi original ssenariy – “Gunohkorlar”.
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy – “Jangdan jangga”.
Eng yaxshi sahna dizayni – “Frankenshtein”.
Eng yaxshi libos dizayni – Keyt Xouli (“Frankenshtein”).
Eng yaxshi makiyaj va soch turmagi – “Frankenshtein”.
Eng yaxshi vizual effektlar – “Avatar: Olov va kul”.
Eng yaxshi montaj – Endi Yurgensen (“Jangdan jangga”).
Eng yaxshi ovoz – “F1”.
Eng yaxshi original musiqa – Lyudvig Goransson (“Gunohkorlar”).
Eng yaxshi qo‘shiq – “Golden” (“K-Pop Demon Xunters”).
Bu yilgi marosimda ilk bor yangi nominatsiya – “Eng yaxshi aktyor tanlash” ham taqdim etildi. Ushbu mukofot “Jangdan jangga” filmi hamda uning kasting direktori Kassandra Kulukundisga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Oddiy tasodif” filmi ssenariysi uchun 2025 yilgi “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan eronlik ijodkor Mehdi Mahmudian hukumatning namoyishchilarga qarshi keskin choralarini qoralagani sababli hibsga olingandi.
Live
Barchasi