Uill Smitning 42 mln dollarlik uyida yonğin sodir böldi (video)
Olam
−
1659 2 daqiqa
Gollivud aktyori Uill Smitning AQŞning Kaliforniya ştati Kalabasas şahridagi 42 million dollarlik qarorgohi hududida yonğin çiqdi. Bu haqda “Page Six” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, yonğin keça, 23 noyabr kuni yarim tunda aktyorga tegişli 150 akrlik (qariyb 61 gektar) mulk hududidagi xöjalik binosida boşlangan. Yonğin haqida favqulodda xizmatlarga qönğiroq qilinganidan söng voqea joyiga öt öçiruvçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan.
Ma’lum qilinişiça, yongan inşoot 6×12 metr ölçamdagi omborxona bölgan. Yonğin bir soatdan kamroq vaqt içida öçirilgan. Hodisa oqibatida heç kim şifoxonaga olib ketilmagan.
Malibu va Lost-Hills şerif idorasi vakilining sözlariga köra, yonğin tasodifan kelib çiqqan. U aktyor va uning oilasidan heç kim jabrlanmaganini bildirgan.
Ma’lumot uçun, bu Uill Smitning qarorgohi hududida sodir bölgan ilk yonğin emas. 2021 yilda ham uyning yertölasida yonğin çiqqan. Öşanda oila a’zolari jabrlanmagan, biroq bir nafar öt öçiruvçi tibbiy yordam olgan. Hodisadan keyin uyda ta’mirlaş işlari olib borilgan.
Uill Smit va rafiqasi Jada Pinkett Smitning olti yotoqxonali, 13 hammomli qarorgohi qurilişi 2010 yilda yakunlangan. Er-xotin 2003 yilda uy joylaşgan yerni sotib olgan. 2015 yilda ular köçmas mulkni 42 million dollarga sotuvga qöygan, biroq keyinçalik uni sotmaslikka qaror qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qur’oni Karimni töliq öqib çiqqanini ma’lum qilgan edi.
Live
Barçasi