Oskar yurak muammosi sabab faoliyatini yakunlamoqda

Sport

image

“Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi Oskar yurak bilan bog‘liq jiddiy muammo aniqlanganidan so‘ng professional futbolchilik faoliyatini muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

34 yoshli futbolchi Braziliyaning “San-Paulu” klubida mashg‘ulot vaqtida o‘tkazilgan jismoniy sinov chog‘ida hushidan ketgan. Shundan so‘ng u shifoxonaga yotqizilib, kuzatuv uchun reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan edi. Tekshiruvlar natijasida Oskarda yurak urish tezligi va qon bosimining keskin pasayishi bilan kechuvchi vazovagal hushdan ketish holati aniqlangan.

Manbaga ko‘ra, futbolchi ushbu hodisadan so‘ng klub rahbariyatiga faoliyatini yakunlash niyatida ekanini bildirgan. Rasmiy e’lon yaqin kunlarda berilishi kutilmoqda.

Oskar Xitoyda qariyb sakkiz yil to‘p surib, o‘tgan yilning dekabr oyida uch yillik shartnoma asosida “San-Paulu” safiga kelib qo‘shilgan edi. Faoliyati davomida u “Chelsi” safida 203 ta o‘yinda 38 ta gol urdi, ikki marta APL chempioni, shuningdek, Yevropa ligasi va Liga Kubogi sohibiga aylandi. 2017 yilda u Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga ko‘chib o‘tgan.

Endilikda “San-Paulu” klubi Oskar va uning tibbiy jamoasi bilan birgalikda rasmiy nafaqaga chiqish bayonotini tayyorlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar yurak muammosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing