O‘g‘il o‘gay otasini pichoqladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida qotillik bo‘ldi. O‘g‘il o‘gay otasining joniga qasd qildi.

Toshkent shahar IIB Matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 22.15 da 32 yoshli Oleg R. Uchtepa tumanida yashovchi o‘gay otasi 52 yoshli Valeriy Z.ning uyiga mehmon bo‘lib keladi. Ular spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi. Oqibatda oralarida kelishmovchilik yuzaga keladi. 

Shundan so‘ng, Oleg oshxona pichog‘i bilan o‘gay otasiga tan jarohatlari yetkazadi. Valeriy Z. shifoxona olib boriladi.   

“Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“ Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pichoqbozlik Toshkent shahri

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing