Ugandaning O‘zbekistondagi ilk elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
16 Oktabr
1619Bugun, 16 oktyabr kuni Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi Moses Kavaaluuko Kizige janoblari Toshkentga keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Uganda elchisini Tashqi ishlar vaziri qabul qilgan.
“Biz Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaymiz va 2027-2029 yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi”, deya yozgan Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikaragua O‘zbekistonga ilk elchisini yuborgandi. Nikaraguaning mamlakatdagi birinchi elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silvani O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qabul qilgandi.
LiveBarchasi