UFC rahbari Konor va Dastin o‘rtasidagi uchinchi jang haqida gapirdi 

Sport

image

UFC rahbari Dana Uayt Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jangning ehtimolini baholadi. 

"Men ular o‘rtasida yana bir jang o‘tkazilishiga ijobiy qarayman. Gap unvon uchun kurash haqida ketmayapti. Ular hali ham yengil vazn kamari uchun kurashishdan oldin o‘zlarini ko‘rsatishi kerak", degan Uayt. 

Avvalroq, Makgregor Porega qarshi uchinchi jangni so‘ragani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy bahsida Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu esa Konorning faoliyatidagi birinchi marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lishi edi. 

Bu ikki jangchi birinchi marta 2014 yilning sentyabr oyida to‘qnash kelgan. O‘sha jangda aksincha, irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Dastin

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing