UFC Maxachev-Pore jangini tasdiqladi

Sport

image

Yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC)  chempioni rossiyalik Islom Maxachev amerikalik Dastin Porega qarshi jang qiladi. Bu haqda tashkilot o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Maxachev-Pore jangi 1 iyun kuni AQSH mezbonlik qiladigan UFC 302 turniri doirasida o‘tkaziladi. Bo‘lajak turnirlardagi chempionlik janglarida ishtirokchilar yangi qo‘lqoplarda qatnashadi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Maxachev shu vaqtga qadar MMA'da 26 ta jang o‘tkazib, 25 marta g‘alaba qozongan, 1 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Uning bo‘lajak raqibi 35 yoshli Pore esa 38 marta oktagonga ko‘tarilib, 30 ta bahsda g‘alaba qozongan, 8 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing