Maxachev keyingi jangi qachon bo‘lishini aytdi

Sport

image

UFC jangchisi Islom Maxachev keyingi jangini 2027 yilning fevral oyida, Ramazon oyi boshlanishidan oldin o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Match TV”ga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Biz UFC’dan qo‘ng‘iroq kutyapmiz. Ideal holatda, fevral oyida boshlanadigan Ramazondan oldin jang qilishimiz kerak”, deydi Maxachev.

Rossiyalik sportchi, shuningdek, irlandiyalik Ien Gerriga qarshi yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik jangida olgan jarohatlari haqida ham gapirdi.

“Jangdan keyin uch marta MRT tekshiruvidan o‘tdim. Orqa miyamda kichik muammolar bor, ammo jiddiy hech narsa yo‘q. Jarrohlik amaliyoti talab etilmaydi. Tanamga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilyapman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Maxachev joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida Gerriga qarshi chempionlik kamarini himoya qildi. Besh raund davom etgan jang rossiyalik sportchining hakamlar bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur jangga qadar Maxachev UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempionlik unvonini to‘rt marta himoya qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing