UFC 311'ning markaziy jangi qatnashchisi oktagonga chiqmaydigan bo‘ldi
Sport
−
18 yanvar
8220Armanistonlik Arman Sarukyan belidan olgan jarohati sabab UFC 311 turnirining markziy jangida rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jangda ishtirok etmaydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Maxachevning raqibi o‘zgargan va endi rossiyalik jangchiga qarshi markaziy jangda braziliyalik Renato Moikano jang qiladi. Tomonlar vazn o‘lchash va face-to-face marosimlarida qatnashdi.
“Men sizni jangsiz qoldirishni xohlamadim! Bularning barchasi sizlar uchun. Raqibim haqida nima deyishim mumkin? Men uni ezaman!”, deydi Maxachev.
Turnir co-main-event'ida gruziyalik Merab Dvalashvili rossiyalik Umar Nurmuhammedov bilan to‘qnash keladi. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov ham vazn me’yorini bajardi. Guskovga qarshi amerikalik Billi Elekana jang qiladi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar