UFC 2024 yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi 5 jangchini e’lon qildi

Sport

image

UFC promouterligining 2024 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi 5 nafar jangchisi reytingida rossiyalik Islom Maxachev peshqadam bo‘lmadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu boradagi reytingni braziliyalik Aleks Pereyra boshqarmoqda. Gruziyalik Iliya Topuriya 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, avstraliyalik Robert Uittaker kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

2024 yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi 5 ta UFC jangchilari:

1. Aleks Pereyra;
2. Iliya Topuriya;
3. Robert Uittaker;
4. Islom Maxachev;
5. Maks Hollouey.

Qayd etish joiz, Aleks Pereyra UFC 300 va UFC 303 turnirlarida ishtirok etdi. Har ikkala musobaqada ham u oqshomning asosiy jangida qatnashdi va g‘alaba qozondi. UFC 300 musobaqasida braziliyalik sportchi yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion amerikalik Jamal Xillni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, UFC 303 musobaqasida esa Aleks mashhur chexiyalik jangchi Irji Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Aleks Pereyra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made