O‘FAga bugun asosiy rahbar saylanadi

Sport

image

Xabaringiz bor, oldinroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning O‘FA prezidentligidan ketishi haqida ma’lum qilgan edik.

Shu munosabat bilan bugun, 15 iyul kuni O‘FA mutasaddilar ishtirokida “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasida maxsus konferensiya o‘tkaziladi. Konfrensiya tafsilotlari bilan birinchilardan bo‘lib QALAMPIR.UZ saytida tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Ochilboy Ramatov bu lavozimga 2018 yilning 25 yanvarida saylangan edi. O‘shanda Ramatov O‘FA rahbarligini Umid Ahmadjonovdan qabul qilib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyun kuni O‘FA vitse-prezidentligidan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqqan edi. Uning o‘rniga FIFA referesi Ravshan Ermatov bu lavozimga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov Ochilboy Ramatov

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing