FIFA Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Sport

−

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29-30 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. 

FIFA delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib olgan.

Bildirilishicha, tashrif doirasida O‘zbekistonda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va ob’ektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston futbolini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda futbolni yanada taraqqiy ettirish borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida o‘tkazilgan “Tinchlik kengashi” yig‘ilishi doirasida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing