O‘zbekiston Niderlandiya bilan o‘yin uchun 300 ming dollar to‘laydi
Sport
−
19 may 6753 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Niderlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun O‘FA 300 ming dollar to‘laydi. Bu haqda terma jamoaning sobiq rahbarlaridan biri Sherzod Egamberdiyev ma’lum qildi.
O‘FA terma jamoalar bo‘limi sobiq rahbari Sherzod Egamberdiyevning aytishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Niderlandiyaga qarshi yopiq o‘rtoqlik bahsi uchun 300 ming dollar to‘laydi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston jahon chempionati qur’asi oldidan Portugaliya bilan mart oyida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgan, biroq qur’adan so‘ng bu jamoalar bir guruhga tushgandan so‘ng bu kelishuv amalga oshmagan.
Shuningdek, Egamberdiyevga ko‘ra, O‘FA so‘nggi yillarda Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya, Venesuela, Rossiya, AQSH, Meksika, Urugvay va Kanada milliy jamoalari bilan o‘yinlar uchun milliy jamoalarga yoki agentlarga pul to‘lamagan. Aksincha, assotsiatsiya byudjetiga 525 ming dollar kelib tushgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi safarlar davomida ovqatlanish va yashash xarajatlarini ham o‘zi qoplamagani, mezbon tomon tomonidan ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi joriy yilning 1 va 8 iyun kunlari Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Live
Barchasi