UEFAda haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?

Sport

image

Bugun, UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshladi. Da’vogarlar ro‘yxatidan to‘rt nafar futbolchi o‘rin olgan.

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski – “Benfika”ga qarshi o‘yinda (5:2) xet-trik va golli uzatmani amalga oshirdi.

“Sporting” yarim himoyachisi Pedro Gonsalvesh – “Beshiktosh” bilan kechgan bahsda (4:0) dubl qayd etdi.

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala – “Zenit”ga qarshi o‘yinda (4:2) 2 ta gol urib, bitta golli uzatma berdi.

“Manchester Yunayted”ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atalanta”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi (2:2) va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” darvozasiga 2 ta gol kiritgan Krishtianu Ronaldu 36 yosh 270 kunligida UEFA Chempionlar ligasida ushbu natijaga erishgan ikkinchi eng keksa  futbolchiga aylandi. Robert Levandovski esa YeCHLdagi yubiley 100-uchrashuvda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 81-golini kiritdi

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlari joriy yilning 25-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Dibala Levandovski UEFA Chempionlar ligasi Gonsalvesh

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing