UEFA Rossiya-Iroq o‘yinini tasdiqladi

Sport

image

Rossiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Championat” sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘yin 2023 yilning 26 martida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida UEFA’ning Rossiyaga o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat berishi alohida ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

“UEFA’ning turli konfederatsiyalar jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun ruxsat berishi odatiy hol. Biroq Rossiya jamoasi misolida bu holat biroz boshqacha ma’noga ega. Rasmiyatchiliklarga rioya qilindi, o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha barcha vakolatli tashkilotlardan ruxsat olindi. Men Sankt-Peterburgdagi bir necha odamlarni taniyman, ular uchun bu o‘yin oddiy futbol o‘yinidan ko‘proq narsani anglatadi”, deydi Nikimbayev.

Iroq bilan o‘yingacha 23 mart kuni Rossiya terma jamoasi Tehronda Eronga qarshi bahs olib boradi. Ruslarning Iroq bilan o‘yini dastlab Sochi shahrida o‘tkazilishi mumkinligi ma’lum qilingandi, biroq bahsga Sankt-Peterburg mezbonlik qiladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing