Uchta kemaga Ukraina portlariga kirishga ruxsat berildi

Olam

image

Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi kecha, 18 avgust kuni uch kemaning Ukraina portlariga jo‘nashini ma’qulladi. Bu haqda markaz bayonotida aytiladi.

"I Maria kemasi bugun, 19 avgust kuni Chernomorskdan Istanbulga 27 982 tonna makkajo‘xori bilan jo‘nab ketdi. Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz kecha uchta kemaga jo‘nab ketishga ruxsat berdi: MV Canga Star va MV Pretty Lady  Chernomorskka hamda MV BELLIS Odessaga", deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, markaz kecha oltita kemani tekshirishni yakunlagan: Aviva, Ascanios, Sea Eagle va Zhe Hai 505 [ular ham Ukraina portlariga] jo‘naydi, Osprey S va Bonita esa [Ukraina portlaridan] yo‘lga chiqadi.

Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi vakillari bugun, 19 avgust kuni sakkizta kemani tekshiradi. Istanbul kelishuvlari doirasida ishlab chiqarilgan don va oziq-ovqat eksportining umumiy hajmi 625 ming 49 tonnani tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi Istanbulda shartnoma tuzilganiga 24 soat to‘lmasdan, 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.

Ukraina TIV  hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurish, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

don

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing