Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi
Olam
−
27 noyabr 2024 9486 2 daqiqa
Qozog‘istonda uchinchi davlatlar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) bug‘doy importiga joriy qilingan taqiq Rossiya g‘allasining Xitoy va O‘zbekistonga reeksportini 2024 yil oxirigacha cheklashga olib keldi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov ma’lum qildi.
“Ichki bozorni himoya qilish maqsadida, avvalroq, Qozog‘iston uchinchi davlatlar va YeOIIdan bug‘doy importini taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi. Bu esa Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksportini chekladi”, dedi Bektenov.
Bosh vazir, shuningdek, 2024 yilda Qozog‘iston orqali YeOII davlatlarining tranzit yuklari uchun yagona tarif darajasi oshirilganini ma’lum qildi.
“Masalan, Rossiya g‘allasining Qozog‘iston orqali Qirg‘izistonga eksporti uchun tarif ikki baravar oshirildi”, dedi Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, avgustda Qozog‘iston hukumatining uchinchi davlatlar va YeOIIdan bug‘doy importini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan edi. Shundan so‘ng 8 oktyabr kuni Rosselxoznadzor Qozog‘iston orqali Rossiyaga sanksiya ostidagi mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishi holatlari haqida xavotir bildirgan. 17 oktyabr kuni esa Rosselxoznadzorning o‘zi ham Rossiyaga Qozog‘istondan bug‘doy, yasmiq, pomidor, qalampir va qovun olib kirishni vaqtincha тақиқлаган. 21 oktyabr kuni Rossiya Qozog‘istondan kesilgan gullar va g‘unchalarning ham mamlakatga importini vaqtincha cheklab qo‘ydi. Cheklovlar fonida Rossiya Qozog‘istonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi shartnomasidagi tranzit tashuvlari bo‘yicha yagona tariflardan foydalanish tamoyilini buzganlikda aybladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025