Uchquduqda bir nechta do‘konlar yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 16 iyun kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida joylashgan bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 18:35 da tumanning “Mustaqillik” MFY Amir Temur ko‘chasida joylashgan “El Baraka Ul Haq” MCHJ hamda “Lider Bazar” YATTga tegishli oziq-ovqat va qurilish mollari savdo do‘konlari hamda omborxonasi yonayotgani to‘g‘risida Navoiy viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 18:38 da yetib borib, soat 19:06 da yong‘in qurshab olingan.

Yong‘in joyiga Uchquduq tumani FVB, NKMK AJ hamda “Navoiyuran” DK OFVBdan jami 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 20:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida savdo va qurilish mollari do‘konlarining taxminan 300 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan, savdo do‘konlarining 2 ming kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 3 ta avtomobil yonib ketgandi va oqibatda 2 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Uchquduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing