Kongoda to‘y 20 dan ortiq odamning o‘limi bilan tugadi

Olam

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Kongo Demokratik Respublikasida nikoh to‘yi fojia bilan yakunlandi. Yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Actualite” xabar berdi.

Qayd etilishicha, odamlar o‘limiga olib kelgan favqulodda hodisa poytaxt Kinshasadagi tantanalar zalida to‘y marosimi vaqtida yuz bergan. Poytaxtning Lingvala kommunasi hokimi Norber Mushiga Nzindula fojia haqida ma’lumot bergan.

“2026 yil 5 sentyabr ertalabki holatga ko‘ra olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab jabrlanganlar esa shifoxonalarga yotqizilgan”, deyiladi hokim bayonotida.

U yong‘in sababi hozircha noma’lumligini bildirgan. Ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar sonining ko‘pligi yong‘in boshlanganidan so‘ng mehmonlarni evakuatsiya qilish faqat bitta chiqish eshigi borligi sababli qiyinlashgani bilan izohlanishini urg‘ulagan.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, ushbu eshik, aftidan, tor bo‘lgan, umumiy vahima va tutunning quyyuqligi esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron rasmiylari AQSH harbiylari mamlakat janubidagi Surik shahrida to‘y marosimi o‘tkazilayotgan uyga zarba berganini, oqibatda kamida 5 kishi, jumladan yosh bola halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing