Yana yong‘in, yana “dom” yondi
3-sahifa
−
09:43 2294 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ko‘p qavatli binolarning biriga o‘t ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan.
Qayd etilihcha, aytilgan manzilda ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan. Yong‘in soat 09:10 da qurshab olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot hali berilmagan.
Boshqarmaga ko‘ra, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bildirilgan.
Live
Barchasi