Xitoyda köp qavatli uyda yonğin çiqib, 14 kişi halok böldi (video)
Olam
−
10:27 611 1 daqiqa
Xitoy şimolidagi Şansi provinsiyasida joylaşgan turar joy binosida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida kamida 14 kişi halok bölib, yana 38 kişi şifoxonaga yuborildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yonğin keça, 8 noyabr kuni soat 17:00 atrofida Şansi provinsiyasining Tayyuan şahridagi Ingze tumani Lyusyan mavzesida boşlangan. Olov turar joy binosini qamrab olgan. Yonğin soat 19:00 ga kelib öçirilgan, qidiruv-qutqaruv işlari esa 20:30 da yakunlangan.
Hodisa haqidagi dastlabki xabarlarda beş kişi halok bölgani aytilgan. Biroq bugun, 9 noyabr kuni ertalab qurbonlar soni 14 nafarga yetgani ma’lum bölgan. “Sinxua” agentligining xabar berişiça, jami 38 kişi şifoxonalarga olib borilgan. Ularning bir qismi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Yonğin sodir bölgan joyda tegişli xizmatlar hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlarini olib borgan. Qidiruv-qutqaruv işlari yakunlangan bölsa-da, yonğin kelib çiqişiga nima sabab bölgani hozirça noma’lum. Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Wainwright harbiy bazasida kuçli şamol sabab öt-ölan yonğini tez tarqalib, 4 nafar harbiy halok bölgan edi.