Chinozda uyining yotoqxonasida 1,5 kg ko‘knori saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15:52 338 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 1 kilogramm 555 gramm ko‘knori giyohvandlik vositasi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor tuzilmalari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida Chinoz tumanidagi xonadonlardan biri belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan va uy yotoqxonasidagi shisha idishlar ichidan umumiy og‘irligi 1 kilogramm 555 gramm bo‘lgan ko‘knori giyohvandlik vositasi topilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 1 kilogramm 233 gramm “gashish”ni sotayotgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi