Uch yashar qizaloqni kaltaklab, oyog‘ini sindirgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Olam
−
13 may
7538Avvalroq, Qirg‘izistonning Chuy viloyati Issiq-Ota tumanida 28 yoshli erkak uch yashar qizalog‘ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo‘ygani haqida xabar bergandik. Hozirda o‘gay otaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsda saqlanmoqda. Bu haqda davlat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Erkebek Ashirxo‘jayevga tayanib, “24kg” nashri yozdi.
Qayd etilishicha, qizaloqning onasi ham javobgarlikka tortiladi. Biroq ayolning besh oylik homilasi bor, shu sababdan u vaqtinchalik tergov hibsxonasida emas.
“2-3 oy oldin oyog‘i singan qiz allaqachon shifoxonaga yotqizilgandi. Bizga qizcha o‘zi yiqilib, oyog‘ini sindirib olgani aytildi. Ammo keyinchalik uning o‘gay otasi qizaloqning oyog‘ini sindirganini aniqladik. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qizning miyasi chayqalgan, chap tomonidan o‘n bitta qovurg‘asi, o‘ng tomonidan uchta qovurg‘asi singan. Shuningdek, tanada ko‘karishlar va gematomalar mavjud”, deydi IIV rahbari o‘rinbosari.
LiveBarchasi