Uch viloyatda qo‘lda benzin sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
29 fevral
6895Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida 4 ming litrdan ko‘proq benzinni noqonuniy sotayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida 7 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida AI-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. Ulardan jami 721 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Qashqadaryoning Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida 6 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda yonilg‘i chakana savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin olib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Navoiyning Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlarida fuqaro noqonuniy 2 774 litr benzinni sotayotgani aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 1 mlrd 329 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan noqonuniy maynerlar aniqlangandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi