Uch universitetda masofaviy o‘qitish joriy etiladi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi. Bu haqda Telegram`dagi rasmiy axborotlar e’lon qilib  boriluvchi kanalda xabar berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

– masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

– dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

– tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Avvalroq, keyingi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom ettirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM masofaviy o'qitish

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing