Uch hududda 135 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 avgust 2020
7723Bugun, 25 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 135 nafarga oshib, 39 641 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari quyidagi hududlarda aniqlandi:
126 nafari — Toshkent shahrida (110 nafari — xorijdan kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan),
7 nafari — Toshkent viloyatida,
2 nafari — Andijon viloyatida.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. (erkak) hamda Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 189 nafar, Toshkent viloyatida 107 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida ham 5 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 3 nafar, jami 318 nafar bemor sog‘aydi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 35 869 (+318) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) tuzaldi.
Hozirda mamlakatda 3 488 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi