Uaylder faoliyatini yakunlaydimi? Uning murabbiyi javob berdi

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Deontey Uaylderning murabbiyi Malik Skott Tayson Fyuridan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, shogirdi faoliyatini yakunlamoqchi emasligini ma’lum qildi. 

“Ha, Deontey allaqachon oilasining moliyaviy barqarorligini ta’minlagan, u uchun pul topish maqsadida ringga chiqish shart emas. Ammo faoliyatni yakunlash Uaylderning rejalariga kirmaydi, bu muhokama qilinmagan. “Bronza bombardimonchi” eng yuqori darajali bokschilarga qarshi jang o‘tkazishga loyiq. Deontey Fyuriga qarshi ajoyib harakat qildi, lekin “lo‘lilar qiroli” avvalgidan-da kuchliroq edi. Tayson ham Uaylder kabi og‘ir vazn toifasining afsonasidir”, deydi Skott.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida o‘tkazilgan bellashuvda Tayson Fyuri (32-0-1) 35 yoshli Deontey Uaylderni (42-2-1) chuqur nokautga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks WBC Deontey Uaylder Tayson F'yuri Malik Skott

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing