U Uchinchi Jahon urushini boshlashga qaror qilgan – britaniyaliklar Baydenga baho berdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning "Daily Mail" nashri o‘quvchilari AQSH Prezidenti Jozef Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qilgan keskin bayonotidan so‘ng, Baydenni aqli noqis shaxs degan fikrni bildirdi. 

"Oq uyda psix paydo bo‘ldi", deb yozgan Deeez niki ostidagi foydalanuvchi. 

"Bayden urushni Rossiyadan boshlashga qaror qildi", degan psvensson75 niki foydalanuvchisi. 

"Aftidan Bayden Uchinchi Jahon urushini boshlashga qaror qilganga o‘xshaydi", deb yozgan CarCarr. 

"Amerikani yo‘q qilmoqchi bo‘lgan Putin emas, Bayden", deb hisoblagan ViveLeTrump. 

Avvalroq, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishi kerakligini aytgandi. Keyin esa jurnalistning “Siz Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?”, degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi: “ha, o‘ylayman”.

Putinning o‘zi Baydenning so‘zlariga munosabat bildirib, unga sog‘lik tiladi. Keyinroq esa Rossiya Prezidenti Baydenga jonli efirda muloqot qilishni taklif qildi. 

Jo Bayden esa bugun yetarlicha band bo‘lishini va Vladimir Putin bilan gaplasha olmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

1830

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing