U tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – AQSH senatori Baydendan norozi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH senatori Lindsi Grehem Jo Baydenning prezidentlik lavozimidagi birinchi 100 kunidan unchalik ta’sirlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda "Fox News" telekanali xabar bermoqda.  

Jo Bayden joriy yil 20 yanvarda AQSHning 46-Prezidenti lavozimiga kirishgan. 

"Saylovoldi kampaniyasi davomida Bayden barchani o‘zini eng yaxshi tanlov ekanligiga ishontirdi. Biroq, ish boshlagandan so‘ng, davlat rahbari Oliy sudning tuzilishini o‘zgartirishga va Kolumbiya okrugini shtatga aylantirishga qaror qildi", degan Grehem. 

Senator Bayden ma’muriyatining tashqi siyosatini ham tanqid qilgan. 

"U tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chegarada betartiblik hukmronlik qilmoqda, eronliklar ahamiyatsiz bo‘lib qolishdi, u Eron rejimida muzokaralar boshladi, ammo oxir-oqibat buni o‘zgartirish uchun hech narsa qilmadi", degan Grehem. 

Shuningdek, u Afg‘oniston "parchalanib ketayotganini" hamda Rossiya va Xitoy allaqachon Baydenni "itarishni" boshlaganini qo‘shimcha qilgan. 

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilarning 46 foizi bugungi kunda Amerika chegarasida xavfsizlik holati ikki yil oldingi holatdan yomonroq deb o‘ylashadi. Faqat 15 foizi vaziyat yaxshilanganini qayd etadi. 

Avvalroq, Baydenning reytingi eng past darajaga tushib ketgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing