U Lenin sabab boshlangan “boshqaruv maktabi”ning sodiq vorisi – Rasul Kusherboyev Shuhrat Abdurahmonov haqida gapirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning jurnalistlarni kamsitgani va shikoyatchi 5-6 ayolni 15 sutkaga qamatib yuborgani aks etgan ovozli yozuv tarqalgan edi. Ko‘p o‘tmay Andijon viloyati hokimligi ushbu ovozli yozuv haqiqatan ham Shuhrat Abdurahmonovga tegishli ekanini aytib, bu ovozli yozuv bundan 2 yil avval tarqalganini iddao qildi

Viloyat hokimligi Abdurahmonov bilan bog‘liq voqeani qancha haspo‘shlashga urinmasin, allaqachon ovozli yozuv jamoatchilik orasida tarqalib, ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Bu yerga gap voqeaning qachon bo‘lganida yoki ovozli yozuv qachon yozib olinganida emas, hokim shu ishga qo‘l urganida bormoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ham shu fikrda. U Shuhrat Abdurahmonovni Lenin siyosatining vorisi ekanini aytadi. 

“Bir shaxsda vakolatlarning haddan ortiq ko‘p bo‘lishi atrofdagilarga qimmatga tushadigan xatolarga sabab bo‘ladi. Ustiga ustak agar bunday vakolat egasi tarbiyadan yiroq, muomila madaniyati yo‘q, bilimi past, ikkiyuzlamachi bo‘lsa bu – chinakam fojia.
 
Ko‘plab amaldorlarning qo‘pol muomilasi va qonunlarga “tupurib qo‘yib” feodal zamon kabi kimni istasa o‘shani “15 sutkaga” qamatib yuborish prinsipi yaqin tarixda paydo bo‘lib qolgan boshqaruv uslubi emas. Men buni Lenin inqilobidagi “hokimiyat, boshqaruvni dehqon va yupunlarga ber”, degan siyosatning oqibati, deb bilaman. 
 
O‘z davrida bilim, odamlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bir guruh zaif odamlarning boshqaruvga kelishi tabiiy ravishda ular tomonidan qo‘rqitish, so‘kish, do‘q po‘pisa qilish orqali boshqarish  "instituti"ga asos solinishiga sabab bo‘lgan. Va bu "institut"ning usullari bizda hali ham meva berishda davom etayapti.
 
Andijon hokimi masalasida esa hokim buni qachon aytgani muhimmas, muhimi u Lenin sabab boshlangan “boshqaruv maktabi”ning sodiq vorisi bo‘lib, vakillik, sud organlari ustidan amalda mutlaq hokimiyat o‘rnatib olgan feodal zamoniga mos insonligi. 
 
O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish, majburiy mehnat va boshqalarga qarshi kurashib, dunyoga yuz tutib borayotgan bir vaqtda qanchalar hunuk va sharmandali holat: hech bo‘lmasa demokratiya hurmati uchun ham hokim janoblari Andijonning “hokimi mutlaq” ekanligini bildirib, maqtanmasa bo‘lardi-ku. Biz shundoq ham bilamiz: sizlar “zo‘r”sizlar!”, deydi Kusherboyev.  


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev Shuhrat Abdurahmonov

Baholaganlar

1150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing