U qariyapti — Anchelotti Ronaldu haqida gapirdi

Sport

image

Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi yaqinda murabbiylik postiga jamoaning sobiq murabbiyi Karlo Anchelottini qaytardi. Mutaxassis klubga kelganidan so‘ng uyushtirilgan ilk matbuot anjumanida “Real”dagi kelajagi, Ronaldu, Beyl hamda boshqalar haqida fikr bildirdi.

“Eng avvalo, meni bu yerda yaxshi kutib olganingiz uchun rahmat. Madridga qaytish juda yoqimli his. Bu klubda siz haqiqiy romantik futbol tomosha qilasiz, ishingizdan zavq olasiz. Ommabop futbol klubning asosiy an’anasi hisoblanadi. Biz yangi mavsumda ham tomoshabop o‘yinimizni ko‘rsatamiz, deb o‘ylayman.

Ronaldu faoliyatini tugatishga yaqinmi? Menimcha, ha, sababi u 30 ta gol urdi, odatda 50 ta urar edi. U qariyapti... “Real” uni ortga qaytarmaydi, uning qaytishi borasidagi barcha gaplar shunchaki mish-mish. U ketgan taqdirda ham yoshligini eslash uchun APLga borishi mumkin. 

Beyl? Ha, men unga iloji boricha o‘yin amaliyoti taqdim etaman. Unda motivatsiya yetarlicha bo‘lib turganda, juda zo‘r o‘yin namoyish etadi. “Tottenhem”da u buni isbotladi. Kam maydonga tushsa ham, ko‘p gol urdi (20 ta o‘yinda 11 ta gol). U ham kayfiyat futbolchisi, jamoadagilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib tursa, uning o‘yini ham chiroyli bo‘ladi. Yangi mavsum biz uchun omadli keladi deb umid qilaman”, deydi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti “Real”da 2013 yildan 2015 yilgacha faoliyat olib borgan. Uning qo‘l ostida madridliklar YeCHL, klublar o‘rtasidagi JCH, UEFA Superkubogi, Ispaniya Kubogi hamda Superkubogida zafar quchgan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Anchelotti

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing