“Real”ning yangi bosh murabbiyi tayinlandi

Sport

image

Bugun, 1 iyun kuni Karlo Anchelotti “Real”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish kerakki, italiyalik mutaxassis bugungacha “Everton” klubini boshqarib kelayotgandi.

Avval aytilganidek, “Inter”ning sobiq ustozi Antonio Konte bilan “Real” vakillari bevosita aloqada bo‘lmagan. Uning "Real"ga kelishi borasidagi xabarlar shunchaki mish-mish xolos.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Italiyalik mutaxassis boshqaruvida "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi, Ispaniya Kubogi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, "Real"ni Anchelottigacha Zinedin Zidan boshqarib kelayotgandi. U mavsum tugashi bilan jamoani tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Futbol Karlo Anchelotti

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing