U-23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan barcha guruhlardagi o‘yinlar yakunlandi. Shu tariqa, qit’a birinchiligida ishtirok etadigan 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlagan 11 jamoa va eng yaxshi 2-o‘rinni egallagan termalar 2024 yilda Qatar mezbonligida o‘tadigan Osiyo Kubogiga yo‘l oldi. Ahamiyatlisi, kecha, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston vakillariga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Eron terma jamoasi Malayziya bilan bir xil natija ko‘rsatishiga qaramay, musobaqaning hal qiluvchi final bosqichiga chiqa olmadi. 

Gap shundaki, saralash bosqichidagi bahslarda Malayziya vakillari 4 ta, eronlik futbolchilar esa 7 ta sariq kartochka olgan. Forslar aynan shu jihat bilan raqobatda yutqazdi va Osiyo Kubogi yo‘llanmasidan quruq qoldi. 

Quyida 2024 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etadigan terma jamoalar keltirilgan:

  1. Qatar (mezbon)
  2. Iordaniya
  3. Janubiy Koreya
  4. Vetnam
  5. Yaponiya
  6. O‘zbekiston
  7. Iroq
  8. Quvayt
  9. BAA
  10. Xitoy
  11. Tailand
  12. Malayziya
  13. Avstraliya
  14. Tojikiston
  15. Saudiya Arabistoni
  16. Indoneziya

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston Афғонистонни 8:1. 2-turda Гонконгни 10:0 va 3-turda Eron terma jamoasini 1:0 ko‘rinishida mag‘lub etib, yo‘llanmaga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Qatar U-23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made