O‘zbekiston U-23 Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogi yo‘llanmasiga ega chiqdi

Sport

image

Bugun, 12 sentyabr kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 3-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvda Timur Kapadze shogirdlari 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi va jamoalar dastlabki 45 daqiqalikda maydonni nursiz durang bilan tark etdi.

Ikkinchi taymni faol boshlagan O‘zbekiston vakillari 47-daqiqada raqib darvozasiga yo‘l topdi. Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanov tomonidan yo‘llangan “zargarona” uzatmani golga aylantirib, hisobni ochdi.

Bahs davomida Fayzullayevning goli yagonaligini saqlab qoldi va yakunda o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made