U-17 Osiyo kubogi. Turnirning eng yaxshilari aniqlandi
Sport
−
20 aprel 9788 1 daqiqa
Bugun, 20 aprel kuni Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogining eng yaxshi darvozaboni, futbolchisi, to‘purari va jamoasi aniqlandi.
Unga ko‘ra, “fair play” sovrini mezbon Saudiya Arabistoni terma jamoasiga nasib qildi. Eng yaxshi darvozabon esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi posboni Ne’matulloh Rustamjonov bo‘ldi. Turnir to‘purari O‘zbekiston vakili Asilbek Aliyev va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb, Sadriddin Hasanov topildi.



Eslatib o‘tamiz, biroz oldin tugagan Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saudiyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi