Twitter Threads uchun Meta’ni sudga bermoqchi
Texnologiya
−
07 iyul 2023
4671Twitter Meta korporatsiyasini Threads yangi ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirgani uchun sudga berishi mumkin. Bu haqda “Semafor” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kecha, 6 iyul kuni yangi onlayn-platforma ishga tushirilganidan ko‘p o‘tmay, Twitter vakili Quinn Emanuel kompaniyasi advokati Aleks Spiro Meta bosh direktori Mark Sukerbergga korporatsiyani o‘zining yangi mahsulotida Twitter intellektual mulkidan foydalanganlikda ayblab maktub yo‘lladi.
Xususan, Spironing ta’kidlashicha, kompaniya o‘tgan yili Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan so‘ng kompaniyaning qisqarishi paytida Meta hali ham tijorat siri ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan o‘nlab Twitter xodimlarini yollagan.
“Twitter o‘zining intellektual mulk huquqlarini qat’iy ta’minlash niyatida va Meta’dan Twitter’ning tijorat siri bo‘lgan har qanday ma’lumotdan foydalanishni to‘xtatish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qiladi”, deyiladi maktubda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar