Twitter sabab Tramp ijtimoiy tarmoqlar haqida qonun imzolash arafasida

Olam

image

AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarning ishi bilan bog‘liq farmonni imzolash niyatida. Bu haqda Oq uy vakili Kaley Makinani ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 29 may kuni AQSH Prezidenti farmonni imzolashi kutilmoqda. Imzolashga tayyorlanayotgan hujjat haqida qo‘shimcha ma’lumot hozircha ma’lum emas.

Joriy yilning 27 may kuni Tramp, agar konservatorlarning ovozlarini o‘chirishni davom ettirsa, ijtimoiy tarmoqlarni qat’iy ravishda tartibga solish yoki to‘liq «yopish» bilan tahdid qildi. AQSH prezidentining tanqidiga, avvalroq Twitter ijtimoiy tarmog‘i uning xabarlaridan birini yolg‘on deb atagan va uning ostiga ogohlantirish belgisini qo‘yganligi sabab bo‘lgan. AQSH Prezidenti pochta orqali ovoz berish katta korrupsiyaga va firAibgarlikka olib keladi degan mazmunda tvit qoldirgan edi.

Ushbu belgi ichidagi havola Twitter'dagi maxsus sahifaga olib kiradi, u "Tramp pochta orqali ovoz berish natijalarni qalbakilashtirishga olib keladi, degan asossiz da’volarni keltirib chiqarmoqda" sarlavhasi ostidagi Politico maqolasiga havola bilan boshlanadi. Quyiroqda Trampning fikri noto‘g‘ri ekanligi sanab o‘tilgan.

Bunga javoban AQSH prezidenti Twitter'ni prezidentlik saylovlariga aralashishda va so‘z erkinligini bostirishda aybladiMa’lumot uchun, Twitter qoldirilgan xabarlarni filtrlash tizimini yo‘lga qo‘ygan. Bunda, agar qaysidir tvit haqiqatdan uzoq bo‘lsa unga maxsus belgi qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp ijtimoiy tarmoqda uning o‘rniga kim postlar yozishi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Twitter

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing