Tramp Eron bilan muzokaralarni töxtatib, Vensga yangi vazifa yukladi
Olam
−
09:30 1104 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruşni yakunlaş böyiça kelişuvga endi ehtiyoj yöqligini bildirdi. Şuningdek, Eron bilan muzokaralarni qayta boşlaşga urinayotgan vitse-prezident Jey Di Vensga içki siyosat bilan şuğullanişni topşirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Tramp keça, 12 noyabr kuni özining ijtimoiy tarmoğida Vensning e’tiborini AQŞdagi demokratlar boşqarayotgan şahar va ştatlarda yuz berayotgan “ulkan korrupsiya va jinoyatçilik”ka qarşi kuraşga qaratişini yozgan.
Ma’lum qilinişiça, Vens sönggi vaqtlarda Eron va Qatar vositaçilari bilan uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni qayta boşlaş masalasini muhokama qilayotgandi. U Qatar Boş vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy, Pokiston armiyasi rahbari Osim Munir va boşqa vositaçilar bilan deyarli har kuni aloqada bölgan.
Biroq Tramp muzokaralarni davom ettirişga hojat yöqligini ta’kidlagan.
“Bizga Eron bilan kelişuv kerak emas. Bunday kunlar allaqaçon ortda qoldi. Biz ularning yuzlab milliard dollarlik pullariga ega böldik va Hormuz böğozini ham nazorat qilyapmiz”, deb yozgan u.
Hozirda AQŞ Eron portlariga nisbatan blokadani saqlab turibdi, Hormuz böğozi esa dengiz transporti, jumladan, neft taşuvçi kemalar uçun asosan qayta oçilgan. Şu bilan birga, sönggi bir neça oy içida AQŞ Eronga keng kölamli zarbalar bermadi, Eron ham mintaqadagi AQŞ harbiy bazalari va ittifoqçilariga qarşi yirik ballistik raketa hujumlarini amalga oşirmadi.
Tramp ötgan hafta ham uruş amalda yakunlanganini aytib, Eronga qarşi yangi harbiy zarbalar berilişi ehtimolini pasaytirgan edi. Uning sözlariga köra, Fors körfazi davlatlari rahbarlari ham uruşni qayta boşlamaslikni söragan.
Bundan taşqari, Vens ötgan hafta Respublikaçilar partiyasining oraliq saylovlardagi mağlubiyatiga Eron bilan uruş sabab bölganini aytgan edi.
“Mağlubiyatimizning sababi – uruş. Prezidentning özi ham keça şunday dedi”, deb yozgandi u X ijtimoiy tarmoğida.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp hozirça Eronga yangi hujum uyuştiriş böyiça şoşilinç rejasi yöqligini, biroq zarurat tuğilsa, harbiy harakatlarga tayyor ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr