“Yomon iş qilmagan”. Tramp Nvidia rahbarining işqiy munosabati haqida gapirdi

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp xotiniga xiyonat qilganini va ayğoqçilikda gumon qilingan xitoylik ayol bilan işqiy munosabatda bölganini tan olgan Nvidia boş ijroçi direktori Jensen Xuang atrofidagi mojaroga izoh berdi. Bu haqda u keça, 10 noyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

“Bugun men Jensen bilan gaplaşdim. U menga bu ayolning ayğoqçi ekanini heç qaçon bilmaganini aytdi va men unga haqiqatan ham işonaman”, deydi Tramp jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

U Xuangni mamlakat uçun “hayratlanarli darajada katta iş qilgan”, “juda yuqori axloqiy fazilatlarga ega inson” deb hisoblaşini qöşimça qilgan. 

“Bilasizmi, öylab körsangiz, unda texnologiyalardan 10 yil oldinda bölgan çip bor. Dizaynining murakkabligi sababli uni hatto nusxalab ham bölmaydi. Men şunçaki heç qanday muammo yuzaga kelmaydi deb umid qilaman. Men uning bayonotini öqib çiqdim va u ayniqsa öz oilasi, özi yaxşi köradigan ayoli sababli juda qattiq azob çekayotganiga işonaman”, deydi Tramp.

Nvidia rahbari u bilan Osiyo böylab safarga boradimi yoki yöqmi degan savolga javoban AQŞ Prezidenti uni “sözsiz özi bilan birga olib ketişini” aytgan. 

“Men uning biror yomon iş qilganini eşitmadim. U kim bilandir munosabatda bölgan, axir boşqa hamma ham kim bilandir munosabatda böladi-ku”, deya qöşimça qilgan Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikaning eng yirik çip işlab çiqaruvçisi bölgan Nvidia kompaniyasi rahbari Jensen Xuang Xitoy maxsus xizmatlariga işlagani aytilayotgan ayol bilan işqiy munosabatda bölgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu xabarlar yuzasidan mustaqil tekşiruv ötkaziladi. Xuangning özi esa xotiniga xiyonat qilganini tan oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing