Xitoy Nvidia rahbarini kuzatiş böyiça ayblovlarni rad etdi
Olam
−
17:00 642 1 daqiqa
Xitoy Nvidia boş ijroçi direktori Jensen Xuangni kuzatişga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi vakili Go Szyakunning sözlariga köra, uşbu ayblovlar XXRni qoralaşga qaratilgan. Bu haqda vazirlik vakili bugun, 9 noyabr kuni brifingda gapirdi.
“Biz bu borada allaqaçon izoh bergan edik. Xitoy foydasiga ayğoqçilik qiliş böyiça soxta ayblovlar asossizdir. Bu Xitoy şa’niga toş otişdan boşqa narsa emas”, deydi Szyakun.
Eslatib ötamiz, uşbu izohga “The New York Times” gazetasida çop etilgan maqola sabab böldi. Unda Jensen Xuangning Xitoy razvedkasiga işlaşda gumon qilinayotgan xitoylik tadbirkor ayol Elis Xuang bilan işqiy munosabatlari oşkor qilingan edi.
NYT manbalarining ma’lumotlariga köra, u XXR rasmiylariga sun’iy intellekt uçun eng yangi mikroçiplarni qölga kiritişga yordam bergan. AQŞdan Xitoyga bunday çiplarni eksport qiliş “milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan” 2022 yildan beri taqiqlangan. Keça, 8 noyabr kuni Xuang xotiniga xiyonat qilganini tan oldi. U iste’foga çiqiş niyatida emas. Nvidia mustaqil tekşiruv ötkazişini ma’lum qildi.
Live
Barchasi