Twitter inqiroz yoqasidami?

Texnologiya

image

Twitter ijtimoiy tarmog‘i ommaviy tarzda ish kuchini qisqartirmoqda. Kompaniya ishchi xodimlarining 10 foizi, ya’ni 200 nafarini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshqaruvdagi xodimlar, ma’lumotlar tahlili bo‘yicha mutaxassislar va tarmoqning ishlashini ta’minlovchi qurilmalarni o‘rganuvchi guruhlar ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, Twitter’ga asosiy foyda olib keluvchi xizmatlarni boshqaradigan monetizatsiya jamoasida ham ishchi kuchi kamaygan. Xodimlar soni 30 kishidan 8 kishiga tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, moliyaviy muammolar va reklama beruvchilarning chiqib ketishi fonida xarajatlarni keskin kamaytirilishi sababli bu jarayon yuz bergan. 500 dan ortiq reklama beruvchilar kontentni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar tufayli ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Joriy yilning 17 yanvar kuni Twitter’ning kundalik daromadi 2022 yilning huddi shu kuniga nisbatan 40 foizga kamaygan. 

Bugunga qadar, umumiy hisobda 7500 kishidan 5200 tasi (xodimlarning 80 foizi) ishdan bo‘shatilgan. Daromadning keskin kamayishi oqibatida korxona o‘zining ofis jihozlari, xususan, qahva apparati va pitssa pechlarini sotishga majbur bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 28 oktyabr kuni amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgan edi. Aynan shu vaqtda korxonada ish kuchidan voz kechish avj olgan. 2022 yilning noyabr oyida kompaniya keng miqyosdagi qisqartirishlarga duchor bo‘lgan ayrim xodimlardan shtatga qaytishini so‘ragan.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

inqiroz Twitter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing