Twitter “tupurgan tupigini qaytarib olmoqchi”

Olam

image

Twitter kompaniyasi keng miqyosdagi qisqartirishlarga duchor bo‘lgan ayrim xodimlardan shtatga qaytishni so‘radi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, firma o‘nlab xodimlariga xuddi shunday iltimos bilan murojaat qilib, ularning ba’zilari xatolik tufayli ishdan bo‘shatilganini iddao qilgan.

“Bloomberg”ning ta’kidlashicha, boshqalar rahbariyat ularning malakasi kompaniya uchun naqadar zarurligini tushunib yetishidan oldin qisqartirishga uchragan.

Shuningdek, agentlik Twitter izoh so‘roviga javob bermaganini qayd etib o‘tgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Twitter Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan buyon, turli bo‘limlardagi 8000 ga yaqin xodimlarning yarmi ishdan bo‘shatilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 oktyabr kuni amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing