To‘rtko‘lda Isuzu va DAF to‘qnashdi. Haydovchi qutqarildi (video)
3-sahifa
−
11 aprel
3090Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida Isuzu yuk avtomobili DAF rusumli yuk avtomobilining orqasiga urildi va kabina ichida qolib ketgan Isuzu haydovchisi qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 aprel kuni soat 22:08 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” OFY hududidan o‘tgan A-380 magistral yo‘lining 559-560 kilometrida harakatlangan Isuzu rusumli yuk avtomobili DAF rusumli yuk avtomobili orqasiga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovchisi olgan tan-jarohati oqibatida kabina ichida qolib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida haydovchini qutqargan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Haydovchining ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida Kamaz va Isuzu to‘qnashgandi. Oqibatda Isuzu yonib ketgan va mashina ichidagi 2 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi