To‘rt hududda yana 24 bemor sog‘aydi – SSV

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyun kuni O‘zbekistonning to‘rt hududida yana 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Samarqand viloyatida 1 nafar, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda sog‘ayganlar Toshkent shahrida 1468 nafarga, Buxoro viloyatida 450 nafarga, Navoiy viloyatida 114 nafarga hamda Samarqand viloyatida 319 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun kun davomida 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3354 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 4302 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 931 nafar bemor davolanmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing