“Turon” klubi yopildi
Sport
−
24 mart
5986Yaypanning “Turon” futbol klubi loyihasi nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.
“Xususiy klub va uning investorlariga berilgan imtiyozlar muddati o‘z yakuniga yetgach, “Turon” klubida moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. U 2024 yilni Birinchi ligada 17-18 yoshli futbolchilar bilan o‘tkazib, yakunda Sharq mintaqasida 11-o‘rinni egallagandi. Shu yilning 19 mart kuni esa “Turon” liga qatnashchilari safidan chiqishini rasman ma’lum qildi”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, 2017 yil tashkil topgan klub 2019 yilga kelib liga a’zosiga aylangan hamda ilk urinishdayoq “B” Proliga musobaqasining Sharqiy mintaqasida g‘olib chiqib, Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Klub mos ravishda 2020 va 2022 yillarda Proligada muvaffaqiyatli ishtirok etdi va ikki bor Superliga yo‘llanmasiga ega chiqib, 2021 va 2023 yillarda elitada ishtirok etdi.
LiveBarchasi