Superliga: “Qizilqum” autsayderga mag‘lub bo‘ldi, “Qo‘qon-1912”ni Sidorov qutqardi

Sport

image

Kecha, 14 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan ikkita bellashuv bo‘lib o‘tdi.

“Qizilqum” va “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi uchrashuv gollarga boy bo‘ldi. Dastlab, gruziyalik Mate Vatsadze 9-daqiqada hisobni ochdi. 40-daqiqada esa Sardor Azimov o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymning 74-daqiqasida navoiyliklar tarkibidagi boshqa bir gruziyalik futbolchi Georgi Kuxianidze raqibdan qaytgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi va chiroyli gol bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 83-daiqada qo‘qrnliklar bosh murabbiyi  Andrey Sidorov 83-daqiqada Yakuba Bambaning o‘rniga Andrey Sidorovni maydonga tushirdi. Oradan 14 soniya o‘tar-o‘tmas, burchakdan oshirib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, o‘yin durang natija bilan yakunlanishini ta’minladi.

Qimmatli ikki ochkoni yo‘qotgan “Qizilqum” 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” 9-pog‘onada bormoqda. Jamoa hisobida 17 ochko mavjud. 

Superliga debyutanti “Turon” o‘z maydonida medallar uchun kurash olib borayotgan “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib bordi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. 

Fozil Musayevning  23-daqiqada darvozabonning oyoqlari orasidan kiritgan goli o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa yaypanliklar uch ochkoga ega bo‘ldi. o‘yindan so‘ng, “So‘g‘diyona” 27 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. “Turon” ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 13 o‘ringa ko‘tarildi.

Bugun, 15 avgust kuni  OKMK – “Nasaf” va “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Qizilqum Qo'qon-1912 Turon So'g'diyona

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing