Hakamdan norozi muxlislar stadionda janjal ko‘tardi (video)

Sport

image

Joriy yilning 30 aprel kuni Pro liga doirasidagi “Yaypan” va “G‘azalkent” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunida hakamdan norozi muxlislar stadionga yugurib chiqdi. Shundan so‘ng, o‘yin hakamlari ta’qib ostida maydonni tark etdi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tumanida joylashgan markaziy stadionda ushbu tumanining “Yaypan” hamda Toshkent viloyati G‘azalkent tumanining “G‘azalkent” jamoalari o‘rtasida futbol o‘yini bo‘lib o‘tgan.

O‘yin yakunida ayrim tomoshabinlar bosh hakamning qaroridan norozi bo‘lib stadionga tushgan. Holat xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan bartaraf qilingan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda tuman IIB tomonidan jamoat tartibini buzilishiga olib kelgan mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur bahsda “G‘azalkent” “Yaypan” ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvida hakamlar o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pro liga G'azalkent Yaypan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing