Özbekiston Pro ligasida işkal: futbolçilar öyin paytida muştlaşib ketdi (video)
Sport
−
13:38 1171 1 daqiqa
Keça, 9 noyabr kuni Pro liganing söngi 26-turidan örin olgan “Ğazalkent” – “Respublika FA” uçraşuvida ikki jamoa futbolçilari örtasida janjal kelib çiqdi. Uşbu holat Tartib-intizom qömitasi tomonidan örganib çiqiladi. Bu haqda Özbekiston Professional futbol ligasi (ÖzPFL) xabar berdi.
Uçraşuv komissari bildirgisiga köra, tartibsizlik oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Vaziyat uçraşuv xavfsizligini ta’minlaş uçun jalb etilgan xodimlar tomonidan bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinişiça, mazkur holatga sabab bölgan va unda iştirok etgan futbolçilar hamda rasmiy şaxslarning xatti-harakatlari Liganing Tartib-intizom qömitasi tomonidan örganib çiqiladi. Zarur deb topilgan taqdirda, vaziyatga huquqiy baho beriş uçun iş vakolatli organlarga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, “Ğazalkent” – “Respublika FA” jamoalari örtasidagi bahsi 3:0 hisobida “Respublika FA” foydasiga yakunlandi. Pro liga yakunlariga köra, “Aral” jamoasi 61 oçko bilan 1-örinni egalladi va Superligaga töğridan töğri yöllanmani qölga kiritdi.
“Şörtan”, “Metallurg”, “FarDu” va “Olimpik Mobiuz” jamoalari esa pley-off uçraşuvlarida iştirok etadi.
Live
Barchasi