FIFA “Mash’al”ga taqiq qo‘ydi

Sport

image

Qashqadaryoning “Mash’al” klubiga FIFA tomonidan transferlar uchun cheklov o‘rnatildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 11 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi Muborakning “Mash’al” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeanyi Ifeanyi o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. 

Qarorga ko‘ra, “Mash’al” futbol klubiga Ifeanyi oldidagi qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lash majburiyati yuklatilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish berilgan edi.

Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo‘lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hamon hal etmagan. Shu munosabat bilan, FIFA bugun, 10 avgustdan e’tiboran “Mash’al” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqi joriy etdi.

Ma’lumot uchun, Pro liganing ortda qolgan 14 ta turidan so‘ng, 27 ochko to‘plagan muborakliklar musobaqa jadvalining 3-o‘rinidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA “Mash'al” Pro liga

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing