Qozog‘iston chempionatidagi taniqli o‘zbek futbolchisi yana jamoasini tark etishi mumkin
Sport
−
30 aprel 2025 6643 1 daqiqa
O‘zbekistonlik hujumchi Shahboz Umarov yozda Qozog‘istonning “Turon” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.
“O‘zbekistonlik futbolchi yozda boshqa jamoaga ketishi mumkin.Turan xorijlik futbolchilarning maoshini to‘lamagan va o‘z tarkibini saqlab qolish bo‘yicha aniq rejaga ega emas. Umarovga O‘zbekiston chempionati va boshqa xorij ligalaridan takliflar bor””, deyiladi manba xabarida.
Turkiston jamoasi yetakchilaridan biri “Energetik-BGU”, BATE kabi klublarda to‘p surgan. Qozog‘iston Premer-ligasida esa “Ordabasi” jamoasida o‘ynagan. Mamlakat chempionatining joriy mavsumida u 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Umarov 2021 yildan 2024 yilgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 5 ta bahsda maydonga tushgan.
Live
Barchasi